
Toshkent metropolitenida ichki ishlar xodimlari qurshovida qolgan "Joker" fotosi o‘zbek ijtimoiy tarmoqlarida shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
«Gazeta.uz» nashri militsiya xodimlarining yigitni nima uchun o‘rab olgani va Jokerning metrodagi boshqa sarguzashtlari haqida ma’lumot bergan. Nashr Toshkent metropoliteni ichki ishlar boshqarmasi Oleg Bichenovdan olgan axborotga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari yigitning nima sababdan bunday kiyinib, grim qilib olganini surishtirgan va undan hech qanday hujjat talab qilmagan.
«Hujjatlarni tekshirish o‘tkazilmadi. Xodimlar uning metroning oddiy yo‘lovchisi ekanligini va chiqish qilishga ketayotganini aniqlaganlaridan so‘ng masala hal bo‘ldi. Bunga qandaydir bir salbiy izoh berishning hojati yo‘q. Agar kimdadir biron bir savol va e’tiroz bo‘lsa, biz buni muhokama qilishga tayyormiz», — dedi metropoliten IIB boshlig‘i.
«Gazeta.uz»ning Instagram’dagi sahifasida yigit bilan militsionerning birga selfi qilayotgani haqida surat ham joylashtirilgan.
Todd Fillipsning «Joker» filmi psixologik triller janrida bo‘lib, superrazil Jokerning hayotidan hikoya qiladi.
Film 2019 yilning 31 avgustida premera qilindi. «Joker» 17 yoshdan kattalar uchun mo‘ljallangan filmlar orasida eng kassabop kino sifatida tarixga kirdi.
Warner Bros. studiyasi tomonidan ishlangan «Joker» filmi Amerika kinoakademiyasi mukofotining 16 ta asosiy nominatsiyasiga da’vogarlik qilmoqda.
«Joker» «Eng yaxshi film», «Eng yaxshi rejissyor», «Eng yaxshi ssenariy», «Eng yaxshi erkak roli» (Xoakin Feniks), «Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli» (Robert de Niro), «Eng yaxshi vizual effektlar», «Eng yaxshi montaj», «Eng yaxshi saundtrek», «Eng yaxshi grim» va boshqa nominatsiyalarda kurash olib borishi kutilmoqda.
«Oskar» uchun da’vogar filmlarning rasmiy ro‘yxati 2020 yilning 13 yanvarida e’lon qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar