Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi «Do‘stlik» chegara bojxona postida 40 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni mamlakatdan olib chiqib ketishga uringan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar qilgan.
«Do‘stlik» chegara posti orqali qo‘shni mamlakatga piyoda chiqib ketayotgan D.K.ning shubhali xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Tekshiruv natijasida fuqaroning oyoq kiyimlarining har birida 20 ming AQSH dollaridan jami 40 ming dollar pul borligi fosh bo‘ldi.
Ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi