2020 yil 9 yanvar kuni soat 23:17da Toshkent shahri Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko‘chalari chorrahasida BMW hamda «Lasetti» rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, buning oqibatida BMW rusumli avtoulovning motor va salon qismi hamda «Lasetti» rusumli avtoulovning salon qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, mazkur hodisada 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 2 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Toshkent shahar IIBB tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda aytilishicha, «Lasetti» haydovchisi Islom Karimov ko‘chasiga burilishdan oldin svetofordan bir necha o‘n metr masofada to‘xtagan. O‘z navbatida, katta tezlikda kelayotgan BMW avtomobili «Lasetti»ga kelib urilgan, natijada avtomobillarda yong‘in kelib chiqqan.
«Lasetti» haydovchisi va 6 yoshli yo‘lovchi huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan qutqarilgan. Yana ikki yo‘lovchi - 44 yoshli ayol va 8 yoshli qiz voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
IIBB xabarida qayd etilishicha, BMW avtomobili haydovchisi YTH joyidan yashiringan. Hozir YTH vaqtida avtomobilni boshqargan haydovchining shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
YTHning dastlabki sababi: BMW avtomobili haydovchisining tezlikni oshirishi. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi