
Tadbirkordan «ulush» talab qilgan tuman tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi va uning jinoiy sherigi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, voqelik Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida yuz bergan. Birlashma bosh hisobchisi va uning sherigi «F.I.-S» xususiy korxonasi rahbari tomonidan tibbiyot birlashmasi binosida amalga oshirilgan montaj ishlari bo‘yicha nazorat o‘lchovini o‘tkazmaslik hamda amalga oshirilgan ishlari uchun o‘tkazib berilgan pul mablag‘lari evaziga 500 AQSH dollari miqdorida «ulush» talab qiladi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda bosh hisobchi va uning jinoiy sherigi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar