Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Tabiiy gaz ta’minotida muammolar yetarli. Ayniqsa, qish mavsumida! Muammoning ildizlari ko‘p. Ammo inkor etib bo‘lmaydigani shuki, tizimda talon-torojliklar kam emas. Majburiy ijro byurosi xodimlari ozmuncha talon-torojliklarni aniqlayaptimi?! Mana, yana bittasi fosh etildi.
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan Yangiyo‘l tumani «Bog‘obod» MFY M-39 avtomagistral yo‘lida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tag‘in «eski o‘yin» aniqlandi. Ya’ni, «metan zapravka»da o‘rnatilgan «Avtopilot Pro» rusumli (zavod raqami A09DX203) gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazilib, bundan hosil bo‘lgan «imkoniyat» bilan 21 kun yoki 504 soat davomida urra solib «ishlangan». Bu vaqt davomida 1.008.000 m3 tabiiy gaz sarflanib, undan yetgan zarar 1 mlrd. 8 mln. so‘mni tashkil etadi.
E’tibor bering, bu yigirma bir kun nari-berisida, yana deng bitta «gaz zapravkasi» yetkazgan zarar?!
Ayni holatda jinoyat alomatlari mavjudligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan «ish» qo‘zg‘atildi. Tashqi ta’sirlarda gaz to‘ldirish shoaxobchalari mas’ullaridan tashqari «Hududgaz Toshkent» mutasaddilarining «hissa»si borligi ehtimolidan kelib chiqib, ularga nisbatan ham jinoyat ishi ochildi.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan ekan, aybdorlar tegishli javobgarlikka tortilishi, yetkazilgan zararlar tiyin-tiyinigacha undirilishiga ko‘pam shubha yo‘q. Biroq talon-torojliklar oqibatida aholiga yetayotgan moddiy va ma’naviy zararlar-chi?
Ular qanday qoplanadi?!
Masalaning og‘riqli jihati shunda! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi