date
views 3 830

"Eringizning ko‘ngliga qarang, dugonajon!"

"Eringizning ko‘ngliga qarang, dugonajon!"
Hozirgina axlat chelakni yuvaturib bir fikr miyamga urildi.
Sal qo‘polroq o‘xshatish ammo-lekin. Hech kim o‘ziga olmasin.

Uyingizda masalan, ko‘chaga suv sepish uchun ishlatadigan chelakdan bemalol suv ichib ham ketaverasiz, toza xisoblanadi. Ammo axlat chelakni har qancha gellab, ishxorlab yuvmang, nazdimizda u baribir axlatga ishlatiladi, ichiga musor paket solsak ham. Unga suv to‘ldirsangiz, ichidagi suvdan ichmaysiz.

Shuning singari insonlarni ham toifalab olganmiz. Bu qora ishchi, bu shunchaki do‘st, bu oliy nasab odam. Kimgadir bosh silkib salomlashsak, boshqa birovga qo‘l tutamiz..
(Toza chelak, axlat chelak)..

Bu toifachilikning eng yomoni oilada kuzatilsa-chi?
Erkak oiladagi ayoliga «Uyda o‘tiruvchi, bola tug‘uvchi, osh ovqat pishiruvchi, kirimni yuvuvchi» deb qarasa, ayolning uydagi va erining oldidagi obro‘si qay darajada bo‘ladi?

Yo‘q aslida ham shunday, biroq bu erkak tomonidan e’tirof etib qaralsa, bolalarimning onasi deb e’zozlansa, ko‘chada tansiq taom yeb kelgan bo‘lsada, xotini qilgan mastavani alqab ichsa, shundagina uyda boyagi aytganim - toifalanish bo‘lmaydi.

Mehr bo‘ladi, muhabbat bo‘ladi.
Bunga esa yagona sababchi Ayoldir!

Eringiz sizdan nima talab qilayotganiga boqing. Ro‘mol o‘raganlar yoqadimi, ro‘mol o‘rang, qo‘li shirinlarni maqtaydimi, ovqatga usta bo‘ling. Shirin gapiruvchilarga tirjayib qarayaptimi, sizam shirinso‘z bo‘ling. U nima talab qilsa «labbay» ni o‘zingiz ayting.

Unutmang, dunyoning bori mulki oyog‘ingiz ostida bo‘lsa-da, oila degan mo‘jazgina qo‘rg‘ondan ortiqroq baxtingiz yo‘q. Bir yomoningiz - eringiz bo‘lsa-da , u sizni obro‘ingiz, vaqti kelsa boshqalardan qizg‘onib jahl qiluvchingiz, yarim soat ko‘rinmasangiz baqir chaqir qilib qidiruvchingiz, «o‘zingcha aqllilik qilma» deb qovoq uysa-da, chizgan chizig‘ingizda yuruvchingiz, qarindoshingiz yig‘in qilsa, bo‘y-bastini ko‘rsatib to‘risiga o‘tuvchingiz... borinki «baxshida etdim» degan nikoh qaroringizdan keyingi boringiz faqat U..!

Qolgan tashvish, g‘amlaringiz juda mayda narsalar.
Yoningizda turgan hoh eng kichkina, ko‘rimsiz bo‘lsin, baribir u baxtingizdir.

(Haligi toifa masalasiga esa qaytmaymiz...)

Madina Mo‘minova
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Eringizning ko‘ngliga qarang, dugonajon!"