16:44 / 14.01.2020
5 317

2020 yil 1 martdan yangi namunadagi kadastr pasporti joriy qilinadi

2020 yil 1 martdan yangi namunadagi kadastr pasporti joriy qilinadi
2019 yilning 12 dekabr kuni “Ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 987-sonli qarori qabul qilindi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan mazkur qarorga muvofiq 2020 yil 1 martdan boshlab yangi namunadagi pasport bosqichma-bosqich joriy etiladi:

2020 yil 1 martdan boshlab - Toshkent shahrida, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida;
2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich - boshqa viloyatlarda va Qoraqalpog‘istonda.

Qarorga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk ob’ektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga davlat xizmatlari markazlari orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2020 yil 1 martdan yangi namunadagi kadastr pasporti joriy qilinadi