Foto: IIBB matbuot xizmati
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari poytaxtda haydovchilar o‘rtasida «migalka» va «sirena» o‘rnatish urfga aylanganini kuzatmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jumladan, joriy yil 10 yanvar kuni soat 12:20 da Minor masjidi yonida maxsus yorituvchi qurilma o‘rnatilgan Spark rusumli avtomobil shu hududda xizmat olib borgan YHXB YPX inspektori tomonidan to‘xtatildi. Aniqlanishicha, avtomobilni ishonchnoma asosida 21 yoshli Farhodjon Z. boshqarib yurgan va maxsus yorituvchi qurilmalar o‘rnatish uchun ruxsatga ega bo‘lmagan.
Ushbu fakt asosida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ma’lumot uchun, tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, shuningdek, davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq, mazkur qoidabuzarlik hollarida avtomobil jarima maydonchasiga joylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi