Foto: «O‘zA»
Shu hafta oxiri va kelgusi hafta o‘rtalarigacha O‘zbekistonning yangi tarkibdagi parlamenti faoliyati bilan bog‘liq bir qator muhim siyosiy tadbirlar bo‘lishi kutilmoqda.
Xususan, joriy hafta yakunida, ya’ni 19 yanvar, yakshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolariga guvohnomalar topshiriladi.
- 20 yanvar, dushanba kuni O‘zbekiston Prezidenti har ikki palata vakillari oldida alohida-alohida chiqish qiladi — dastlab Qonunchilik palatasida, so‘ng Senatda ma’ruza qiladi;
- 21 yanvar, seshanba kuni esa Parlament ikkala palatasining qo‘shma majlisi o‘tkazilib, unda Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qilishi kutilmoqda;
- 22 yanvar, chorshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnoma yo‘llashi kutilmoqda. 2020 yilga qo‘yilgan yil nomi ham shunda e’lon qilinishi mumkin.
An’ana bo‘yicha O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga qiladigan murojaatida yil nomi va Davlat dasturida ko‘zda tutiladigan ustuvor yo‘nalishlar ham taklif qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabrida Parlamentga murojaatnoma yo‘llagan va o‘shanda 2019 yilga Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb nom berilgandi. O‘zbekiston Prezidenti 2017 yildan beri Parlamentga murojaatnoma yo‘llab, kelgusi yilda amalga oshiriladigan islohotlar va davlat loyihalari borasidagi takliflarini berib kelmoqda. Ilk bor yo‘llangan murojaatnomadan keyin 2018 yil «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi