O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4375-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tasarrufida Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda.
Mazkur litseyga yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ishga taklif qilinadi.
“Temurbeklar maktabi”ning o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga “Temurbeklar maktabi”ning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi.
“Temurbeklar maktabi” ishchi va xizmatchilari sonidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
o‘qituvchilar uchun - 5 barobar;
psixolog uchun - 3 barobar;
axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari - 2 barobar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.
“Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar ishga taklif etiladi:
-ona tili va adabiyoti;
-rus tili va adabiyoti;
-tarix;
-ingliz tili;
-fizika;
-astronomiya;
-algebra;
-geometriya;
-kimyo;
-biologiya;
-geografiya;
-ma’naviyat asoslari;
-davlat va xuquq asoslari;
-jismoniy tarbiya;
-informatika va axborot texnologiyalari;
-chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
“Temurbeklar maktabi”ning manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika shaharchasi (Qibray qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘rnida).
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi o‘qituvchilar 2020 yilning 10 fevraliga qadar DXX Institutiga (Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi 20-uy) yoki 71-252-92-30 telefoniga murojaat qilishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"