Angrenda 2 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi (foto)

Angrenda 2 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi (foto)
Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
Toshkent viloyati Angren shahrida 16 yanvar, payshanba kuni kechqurun ikkita yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 16 yanvar kuni soat 23:00 da «Toshkent—O‘sh» avtomobil yo‘lining 182-kilometrida haydovchi J.Z. «MAZ» rusumli yuk avtomobilini Namangan viloyatidan Toshkent shahriga boshqarib ketayotgan vaqtida haydovchi D.N. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomobili uning ortidan kelib urilgan.
Angrenda 2 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi (foto)
Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
Angrenda 2 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi (foto)
Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
YTH natijasida transport vositalari texnik shikastlangan va MAN haydovchisi D.N. oyoq sinishi jarohati bilan Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar