Bugun, 18 yanvar kuni Energetika vazirligi rahbariyati tomonidan “O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirdan so‘ng Energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev jurnalistlarning O‘zbekistonda elektr energiyasi taqchilligiga barham berish borasidagi savoliga javob berdi.
“Bekorga aytmadimki, biz diversifikatsiya qilmasdan turib, energiya ishlab chiqarish taqchilligiga barham berolmaymiz. Sababi neft-gaz sohasiga investitsiyalar oxirgi 25 yilda deyarli ajratilmagan. Issiqlik elektr stansiyalarida quvvat mavjud, elektr energiyasini ishlab chiqarishga bemalol imkoniyatimiz bor, lekin yoqilg‘i taqchilligi bor. Gaz yo‘qligi tufayli elektr stansiyalari ishlamayapti. Bu ko‘proq elektr energetikaga emas, neft-gaz sohasiga bog‘liq. Demak, ular belgilangan miqdordagi tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha rejani bajarishsa, elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha reja so‘zsiz bajariladi.
13 ming megavatt quvvatimiz bor. Shu kecha-kunduzda foydalanayotganimiz 10 ming [megavatt]. Yoqilg‘i bo‘lsa, qolganidan ham foydalanamiz”, - dedi Sherzod Xo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi