
Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida chiqish qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruv tizimidagi muammolar haqida gapirdi.
«Mahalliy kengash yo‘q joyda Senatga baho berish mumkin emas. Agar mahalliy kengash kuchli bo‘lsa, Senat ham shuncha kuchli bo‘ladi. U hamohang. Lekin qarsak bor, 30 yilda qarsak chalishni chiroyli o‘rganganmiz.
Pastda na tizim bor, na nazorat bor. Hamma narsa – eski tos, eski hammom. Ana shu narsalar yo‘qligi uchun bizda ko‘p narsa kaltak, selektor bilan bo‘lyapti. Kaltak, baqir-chaqir bilan bo‘lgan masala bu – vaqtinchalik. U doimiy emas. Bu davlat vaqtinchalik davlat degan xulosani beradi», – degan Shavkat Mirziyov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar