Xitoyda 571 holatda koronavirus kasalligi aniqlangan. Ushbu xastalikdan 17 nafar inson vafot etgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anumanida ma’lumot berildi.
Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi direktori Bahrom Almatov ma’lum qilishicha, kasallik Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda aniqlangan. Shuningdek, Uxan shahrida epidemiologik surishtiruv o‘tkazilganda, ayrim kasallangan bemorlarning mahalliy dengiz mahsulotlari savdo bozorlarida ishlaganligi ma’lum bo‘lgan.
Ushbu kasallik bilan og‘rigan bemor asosan tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishidan shikoyat qiladi. Xususan, yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan davlatlarda bemorlar ko‘krak qafasi rentgenografiya ko‘rigidan o‘tkazilganda, ularning o‘pkalari shikastlanganligi aniqlangan.
Bundan tashqari dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining asosan hayvonlardan yuqishi taxmin qilingan edi. Ammo bugungi kunda ushbu kasallikning odamdan odamga yuqishi ma’lum bo‘lgan va 20 nafarga yaqin tibbiyot xodimi mazkur xastalikni yuqtirib olgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirdi. Davlat chegarasi kesishgan joylardagi Sanitariya-karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?