3 276
Ruslanbek Davletov: «Korrupsiyaga qarshi alohida organ biz uchun ham kutilmagan yangilik bo‘ldi»
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov shanba kuni Xalqaro press-klub sessiyasidagi chiqishida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mustaqil organ tashkil etilishi haqida gapirib o‘tdi.
«Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha alohida organ tuzilishi birinchi marta prezidentimizning murojaatida e’lon qilindi. To‘g‘risini aytsak, bu biz uchun ham ancha kutilmagan yangilik bo‘ldi.
Chunki shu paytgacha Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi ishlab kelayotgan edi. Qonunda ham bosh prokuror boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha komissiya faoliyat yuritadi, deyilgan.
Yangi organning konsepsiyasi, uning vakolatlari, funksiyalarini, boshqa organlar bilan munosabatini, boshqa organlardagi qandaydir funksiyalar saqlanib qolinadimi-yo‘qmi – bu masalalar endi ko‘rib chiqiladi. Hozirdan darrov aytish qiyin.
Umumiy ma’muriy islohotlardan kelib chiqib, turli organlar orasidagi munosabatlar funksional tahlil qilinib, joy-joyiga qo‘yiladi», – dedi Davletov.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni Oliy Majlisga murojaat qilib, unda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tashkil etishni taklif etgan edi.
Davlat rahbariga ko‘ra, yangi organ parlament va prezident oldida hisobdor bo‘ladi. Prezident administratsiyasiga Oliy Majlis palatalarining tegishli qo‘mitalari bilan birgalikda uch oy muddatda tegishli farmon loyihasini ishlab chiqish yuklatildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi