
Toshkent viloyatining Nazarbek qishlog‘idan o‘tuvchi temir yo‘l orqali harakatlanayotgan poyezdning lokomotivi yonayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 25 yanvar kuni soat 14:20 atrofida elektr-manyovr lokomotivi VL-60 2157’ning ikkinchi mashinisti kabinasida yuz bergan. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘inning dastlabki sababi kabinaning isitish tizimidagi qisqa tutashuv bo‘lgan. Yong‘in lokomotiv mashina bo‘limining yuqori kuchlanishli kamerasiga o‘tmagan va o‘t o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida tezda barataraf etilgan.
— Shukhrat (@bankir2102) January 26, 2020“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar