Andijon viloyatining Andijon tumani Sho‘ro qishlog‘ida 25 yanvar kuni poyezd va traktor ishtirokida avariya yuz bergan, hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Andijon viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa shu yilning 25 yanvar kuni soat 15:00 larda Andijon tumani hududidan o‘tuvchi Andijon—Sho‘ro Quruqqayrag‘och yo‘lining 12 kilometrida sodir bo‘lgan.
— Shukhrat (@bankir2102) January 27, 2020
Orol—Sho‘ro yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Izboskan tumanida yashovchi fuqaro S.S. boshqaruvida bo‘lgan traktor temiryo‘l kesishmasida Andijon-2—Tentaksoy stansiyalari oralig‘ining 14-kilometrida harakatlanib kelayotgan Andijon tumanida yashovchi I.N. boshqaruvidagi teplovoz bilan to‘qnashgan.
Oqibatda traktor texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisaga traktorning uzatmalar qutisida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Andijon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti