Turkiyaning zilzila bo‘lgan hududida yashovchi dugonam yozyapti:
«...Ko‘chada qolgan boshpanasiz odamlarning yonidan boshimizni baland ko‘tarib o‘tib ketardik yoki insof qilsak, mayda pul berib o‘tardik. Zilziladan keyin, hokimiyat tarqatayotgan yemaklardan olish uchun ular bilan bir qatorda navbatga turishga majbur qoldik... Yo‘q, men bundan nolimayapman. Senga boshqa narsani aytmoqchiman.
Ko‘chada olov atrofida isinib o‘tirganimizda keksa bir kishi: «Ol, qizim, shunga o‘ranib o‘tir», - deb qalin ko‘rpa ko‘tarib keldi. Keyin: «O‘g‘ling tirikmi, jabr ko‘rmadimi?» - deb so‘radi.
Hayron bo‘ldim. Butunlay notanish odam. «Xudoga shukr, o‘g‘lim sog‘-omon» - desam, xursand bo‘lib ketdi. Biroz gaplashdik. Bilsam, bu odam ko‘chada yasharkan. Qachondir o‘g‘lim ikkimiz unga to‘rtta nonga yetgulik pul bergan ekanmiz... Unutmagan ekan... O‘pkam to‘lib ketdi... Bu zilzila shaxsan men uchun xayrli bo‘ldi. O‘z qobig‘imga o‘ralib, odamgarchilikdan chiqib qolayotgan ekanman.
O‘zimga keldim. Ko‘zim ochildi!..
Sen shuni yoz. Toki, boshqalarning ham ko‘zi ochilishi uchun boshiga bir balo kelishi shart bo‘lmasin. Odamlar ko‘zini ochsin!..»
Dilfuza Komil
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi