
Farg‘onada kaltaklangan hamshira suratini ko‘rmagan odam qolmadi, hisobi. UTT shifokoriga choynak uloqtirgan, uni tinchlantirmoqchi bo‘lgan hamshirani esa qoniga bo‘yagan zo‘ravonlar — ona-bola ayollar ekani esa kishining battar vahmini keltiradi.
Do‘xtirlarga qo‘l ko‘taradigan odamlar, ayting, sizlar kimsizlar? Shifotalab odamning davolovchi odamni kaltaklashi qaysi sog‘lom aqlga to‘g‘ri keladi?!
Afsuski, bu yagona holat emas. Kunda-kunora qaysidir do‘xtir kaltak yeganining yo videosi, yo surati chiqadi internetda. Chiqmagani, bosti-bosti qilingani qancha?
Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z xodimlarini himoya qilolmas ekan, tushundik. Hech bo‘lmasa, himoya qila oladiganlarga topshirsin yoki yordam so‘rasin. Shifokorni urganlarni qamaydigan qonunni tezroq qabul qilishsin unda masalan.
Do‘xtirni urgan odamlar xalqning ko‘z o‘ngida jazolansin toki boshqalarga o‘rnak bo‘lsin. Aks holda shundoq ham arzimagan oylik oladigan do‘xtirlar kamiga, odamlardan kaltak ham yeb yurishda davom etaverishadi.
Vaziyatdan kelib chiqib, IIV va Milliy gvardiya rahbariyatidan iltimos qilamiz — shifokorlarni himoya qiling!
Yomonning kuchi yapaloqqa yetadi doim. Ahmoqlarning kuchi esa do‘xtirga.
Manba: t.me/qoshni_mahalla “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar