22:03 / 30.01.2020
3 430

Zangiotada 4,5 ming dollar pul tikib, zotdor itlar urishtirilishini tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi

Zangiotada 4,5 ming dollar pul tikib, zotdor itlar urishtirilishini tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi
26 yanvar, yakshanba kuni soat 11:55 atrofida IIV JQBB va Zangiota tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 29 yoshli R.A. Nazarbek qo‘rg‘onida joylashgan qurilishi tamomlanmagan uyda it urishtirish uchun maxsus joy tashkil qilganligi aniqlangan. Bu haqda IIV Tergov departamenti ma’lum qildi.

O‘yinga 26 yoshli D.Q. 2000 AQSH dollari hamda uning o‘zi 2450 dollar va 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni tikib, o‘zlariga tegishli bo‘lgan «Pitbul» zotdor itlar urishtirishini tashkil qilib, 49 yoshli A.X.ni hakamlik qilish uchun jalb qilgan.

Tadbir davomida A.X.dan qo‘l tarozisi va jami 4450 AQSH dollari va 500 ming so‘m miqdoridagi pul ashyoviy dalil tariqasida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. R.A.ga nisbatan tegishli modda bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat quroli sifatida foydalanilgan itlar hozirda tuman IIB binosida parvarishlangan holda saqlanmoqda. Itlarning kelgusida saqlash joyi va ularning egalariga hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lganligi uchun javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotada 4,5 ming dollar pul tikib, zotdor itlar urishtirilishini tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi