20:16 / 31.01.2020
2 769

Sirdaryoda yana bir oila yarashdi

Sirdaryoda yana bir oila yarashdi
Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining
2019 yil 27 avgustdagi aliment undirish bo‘yicha ijro hujjatiga asosan, qarzdor J.Tinchlikovdan sobiq turmush o‘rtog‘i, undiruvchi N.Tinchlikovaga voyaga yetmagan bir nafar farzandi uchun voyaga yetguncha bo‘lgan 38,2 million so‘m miqdoridagi aliment pullari oldindan undirilib berildi.

Davlat ijrochilari aliment undiruvi borasidagi ijro harakatlari olib borilishida taraflarning o‘zaro kelishuvi, hatto yarashuviga ham katta e’tibor berilgani o‘z samarasini bermoqda.

Bu so‘zlarimizga birgina misol, yuqorida qayd etilgan sobiq er-xotinlarning bir nafar farzandi oldidagi burchlari va mas’uliyatlari, kelajakdagi orzu-umidlarining ushalishi borasidagi sa’y-harakatlar natijasida ushbu oila MIB tashabbusi bilan qayta tiklandi.

Shu o‘rinda, oilasi qayta tiklangan ota shunday deydi: "Farzandim uchun bor-budimni berishga tayyorman, ammo kimlardandir alamzada bo‘lib, guldek farzandim ko‘zimga ko‘rinmay qolgandi. MIB xodimlariga katta rahmat, oilam yana tiklandi".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda yana bir oila yarashdi