date
views 4 406

"Ahmadboy" aldangan odamlarga pullarni qay tarzda qaytarishini aytdi

"Ahmadboy" aldangan odamlarga pullarni qay tarzda qaytarishini aytdi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bo‘yicha firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan Ahmad Tursunboyev (Ahmadboy) aldangan odamlarning pullarini qay tarzda qaytarishi haqidagi savolga javob qaytardi.

«Hamma narsa hisob-kitobli. Fuqarolar, Xudo xohlasa, pullarini oladi. Nasib qilsa, 12 ming jabrlangan fuqarolarning hammasiga pullari qaytariladi. Ular pullarini proporsional tartibda oladi. 10 million so‘m pul bergan odamga 2 million so‘m qaytariladi. Proporsional, ya’ni 20 yoki 30 foizdan. 30 foiz bo‘lsa, 3 million so‘m oladi. 20 foiz bo‘lsa, 2 million so‘m. 100 million so‘m bergan odam 30 million, 20 foizdan hisoblansa, 20 million so‘m oladi. Fuqarolarning pullari shu tariqa proporsional tarzda taqsimlab beriladi.

Ko‘pchilik o‘zi qancha pul berganini biladi, lekin sud yoki tergov jarayoniga kelgan vaqtida tergovchiga rostini aytmaydi. «Qancha pul bergansiz?» deb so‘ralsa, 3 ming dollar bo‘lsa «4 ming yoki 5 ming dollar berganman» deydi. Aksariyat odamlar yolg‘on guvohlik bermoqda. Tergovchi yoki sudya ularning aytganiga ishonmoqda. Ayrim fuqarolar rostini gapirishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Jarayonga kelganda og‘ziga kelgan pulni aytib, aniq eslolmasligi haqidagi vajni keltirmoqda
», — degan Ahmad Tursunboyev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Ahmadboy" aldangan odamlarga pullarni qay tarzda qaytarishini aytdi