Mayk Pompeo Toshkent shahar bosh imom xatibi bilan uchrashdi​

Mayk Pompeo Toshkent shahar bosh imom xatibi bilan uchrashdi​
2020 yilning 2 fevral kuni kechqurun Toshkentga kelgan AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Toshkent shahri bosh imom xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov va boshqa diniy faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mayk Pompeo Toshkent shahar bosh imom xatibi bilan uchrashdi​
Foto: twitter.com

O‘zbekiston diniy yetakchilari bilan islohotlar va huquqiy o‘zgarishlar diniy erkinlikka qanday hissa qo‘sha olishi mavzusida uchrashdik. Hukumatning bu sohadagi o‘sishi ta’sirli (e’tiborga sazovor) va men bundan keyin ham O‘zbekiston shu kabi muvaffaqiyatlarga erishishidan umid qilyapman”, degan u.

Bugun AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, AQSh Davlat kotibi Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo—AQSh” (“C5+1”) shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar