Foto: IIV axborot xizmati
Toshkent viloyatida dron apparatidan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 3 fevral kuni Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Uning davomida, Toshkent shahri Yunusobod tumani, 6-mavzeda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz O‘.Sh., Yashnobod tumani, Jarqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz Yu.S., Toshkent viloyati Toshkent tumani, “Guliston” qishlog‘ida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz I.I. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani “Yoshlik” mahallasi hududida “PHANTOM-4”-rusumli uchuvchisiz uchadigan dron apparatidan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ushlangan.
Ulardan dron apparati xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib, tekshirib ko‘rish uchun daliliy ashyo sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 maydagi O‘RQ-534-sonli Qonuniga ko‘ra Jinoyat kodeksi 244-4-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi