
Foto: Oqilxon Dadaboyev
Chortoq tumani «Navbahor» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Adham Qodirovlar oilasida bir yo‘la uch chaqaloq dunyoga keldi.
Chortoq tumani hokimligi axborot xizmatidan xabar berishlaricha, ota-ona yangi tug‘ilgan farzandlariga Ziroatxon, Saida va Shahnoza ismlarini qo‘yishdi, deya xabar berdi jurnalist Oqilxon Dadaboyev.
Chaqaloqlar sog‘lom va tetik. Vazn va bo‘y me’yorda o‘smoqda.
Adhamjon va Odinaxonlar bungacha uch nafar qiz farzandning ota-onasi bo‘lgan. To‘ng‘ich qiz – Madinabonu Abdulxafizova 5-sinf, ikkinchisi – Mushtariy 2-sinf o‘quvchisi. Uchinchisi – Muslima 6 yoshda.
Odinaxon Altimeshova asli Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidan. U 2006 yil noyabrda Chortoqqa kelin bo‘lib tushgan. Hozirda ro‘zg‘or yumushlari, farzandlar parvarishi va tarbiyasi bilan band.
Turmush o‘rtog‘i Adhamjon Qodirov usta.
Go‘daklarga tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va oziq-ovqat mahsulotlari topshirilgan.
Chortoq tumaniUch chaqaloqZiroatxon SaidaOila axborotiTug‘ilgan farzandlarFarzandlar parvarishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar