
Namangan shahri ko‘chalaridan biridagi e’londa ilondan tayyorlangan sho‘rva va uning ming dardga davoligi qo‘shib-chatib yozilgan e’longa ko‘zim tushib qoldi.
Astag‘firulloh... Avvalo unda davo yo‘qligi ochiq-oydin.
Qolaversa, bitta ilon sho‘rva shuncha dardga davo bo‘lsa, tabiblarga ne hojat?! Nahotki kallasi katta mijozlar shuni o‘ylab ko‘rmaydi?!
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Shak yo‘qki, dard va davoni tushirgan Alloh va har bir dard uchun davo ham qilgan. Davolaninglar, lekin harom bilan davolanmanglar!" – deb marhamat qilganlar.
Alloh taolo: “Ularga jirkanch narsalarni harom qiladi”, – deydi. Qurbaqa, qisqichbaqa, ilon va shunga o‘xshaganlar jirkanch hayvonlardan hisoblanadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan qurbaqaning yog‘ini doriga qo‘shish haqida so‘ralganda, uni o‘ldirishdan qaytardilar. Bu uni yeyishdan qaytarish demakdir.
Ko‘rshapalag-u ilonlarni yeb yurgan xitoylar va ular yo‘liqqan turli epidemiya, kasalliklar barchamizga ibrat bo‘lmog‘i lozim.
Hasan ibn Ali rahimahullohdan: “Mohir tabib, kasallikni daf qiladi desa, ilon va tipratikan yeyish yoki tarkibida ilon bo‘lgan dori iste’mol qilish halol bo‘ladimi?” deb so‘raldi. U kishi: “Yo‘q, halol bo‘lmaydi”, – deb javob berdilar”. (“Bahrur roiq” ).
Demak, ilon sho‘rvani ichish halol emas. Dori-darmonlarni halol narsalar ichidan izlashimiz kerak.
Bas, shunday ekan, halqumimizni pok saqlaylik!
Yoqub Umar
Ilon Sho‘rvaDavo Va DardHalol NarsalarPayg‘ambarimizJirkanch HayvonlarKasallik Va Epidemiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar