
2020 yil 5 fevral kuni soat 02:50 larda Boysun tumani, A.Termiziy ko‘chasida joylashgan 1857 m2 yer maydonidagi maishiy buyumlar bozorida yong‘in sodir bo‘lgan.
Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor boshqaruv markazi xabariga ko‘ra, “Ibodullo bobo” kichik xususiy korxonasiga qarashli savdo kompleksida sodir bo‘lgan yong‘in haqida soat 03:00 da xabar kelib tushgan. Yong‘in joyiga soat 03:07 da birinchi yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida soat 03:37 da yong‘in o‘rab olinib, 03:55 da o‘chirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limining xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida, savdo kompleksidagi 51 ta savdo rastalari va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalariga jiddiy zarar yetgan. Tan jarohati olgan fuqarolar mavjud emas.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar