date
views 3 635

Hokimlar endi paxta bilan shug‘ullanmaydi — Qishloq xo‘jaligi vaziri

Hokimlar endi paxta bilan shug‘ullanmaydi — Qishloq xo‘jaligi vaziri
2020 yildan O‘zbekistonda paxtaga davlat buyurtmasi bekor qilinadi va hokimlar paxta bilan shug‘ullanmaydi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev «Islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda munosib mehnat» nomi ostidagi davra suhbati chog‘ida ma’lum qildi.

O‘zbekiston 2020 yildan paxtaga davlat xaridini bekor qiladi. Vazirning ma’lum qilishicha, davlat rahbari 4 fevral kuni o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda shunday topshiriq bergan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida O‘zbekistonda paxta va g‘alla uchun davlat buyurtmasini bekor qilish rejalashtirilayotgani haqida gapirgandi.

4 fevral kuni prezident ishtirokidagi yig‘ilishda klasterlar faoliyatini rivojlantirish, paxta va g‘alla yetishtirishda davlat rejasini bosqichma-bosqich bekor qilish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda prezident sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish bilan birga hokimlarning reja ortidan quvish va majburiy mehnatga jalb qilish amaliyotiga butunlay chek qo‘yilishi haqida gapirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokimlar endi paxta bilan shug‘ullanmaydi — Qishloq xo‘jaligi vaziri