
Mamlakatimizda aholi sog‘ligini saqlash borasida ulkan ishlar olib borilayotgan bir paytda ko‘r ko‘rona sog‘liq uchun mutlaqo zararli bo‘lgan oziq ovqat maxsulotlarini ochiq bozorda sotib kelayotgan kimsalar ham borligi hech kimga sir emas.
2019 yilning 25 dekabr sanasida Toshkent viloyati Ohangaron shahrida yashovchi fuqaro B.Jo‘rayev tomonidan Oxangaron shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaatga asoslanib, mazkur jamiyat xodimlari tomonidan kuzatuv-tahlil ishlari olib borildi.

Murojaatda aytilishicha, iste’molchi B.Jo‘rayev Ohangaron shahar dehqon bozorida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor B.Turg‘unovga tegishli do‘kondan bolajonlar uchun yangi yil sovg‘asini xarid qilgan. Bejirim qadoqlangan paketchalar ochib ko‘rilganda ichidagi shirinlik mahsulotlari muddati allaqachon o‘tib ketganligi hammani taajjubga soldi.

Mazkur holat yuzasidan iste’molchi tezda tegishli davlat organlariga murojaat qilgan. Toshkent viloyati, Ohangaron shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda Ohangaron shahar DSENM xodimlari tomonidan ushbu mahsulot inson sog‘ligi uchun qay darajada zararli ekanligini aniqlash uchun maxsus ekspertiza qilinganida, tadbirkor B.Turg‘unov tomonidan shu kungacha sotib kelinayotgan yangi yil sovg‘alari iste’molga mutlaqo yaroqsiz va sog‘liq uchun xavfli ekanligi aniqlangan. Ushbu mahsulotlar tegishli idoralarning 1-sonli qaroriga asosan qonun doirasida yo‘q qiligan.

Tadbirkor B. Jo‘rayevdan iste’molchi T.Baxtiyorovga yetkazilgan moddiy zarar Ohangaron shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan qonun doirasida undirilib berildi.
Hurmatli iste’molchi unutmang! Xarid qilayotgan har bir mahsulotingiz to‘g‘risida ma’lumot olish va uni o‘rganish sizning qonuniy huquqingiz hisoblanadi.
Muhiddin Suyarqulov
Iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish Toshkent viloyati
birlashmasi Matbuot va axborot sektor rahbari
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish Toshkent viloyati
birlashmasi Matbuot va axborot sektor rahbari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar