19:51 / 05.02.2020
2 710

Soliq nizolari sudgacha hal etiladi

Soliq nizolari sudgacha hal etiladi
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlaydigan soliq tizimi shakllantirishga alohida etibor qaratilmoqda. 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Yangi taxrirdagi Soliq kodeksi bilan soliq tizimida katta o‘zgarishlar va yangiliklar joriy etilyapti. Ulardan biri soliq nizolarini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi takomillashtirilmoqda. Xususan, yangi tahrirdagi Soliq kodeksida nizoli vaziyatlar yuzaga kelganida soliq nizolarini sudgacha hal qilishni majburiy o‘tkazish belgilandi. O‘z o‘rnida bu rivojlangan mamlakatlardan kelayotgan investorlarning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Sir emaski, yurtimizda bunday amaliyot to‘laqonli shakllanmagani sababli soliq to‘lovchilar bilan yuzaga kelayotgan aksariyat nizoli masalalar faqatgina sudlarda ko‘rib chiqilib, soliq to‘lovchilar tomonidan ortiqcha sud xarajatlarini (davlat bojlari) sarflanishiga sabab bo‘lmoqda.

Avvalo, soliq nizosi haqida qisqacha tushuntirish berib o‘tsak. Bu soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasida yuzaga keladigan soliq solish ob’ektlarini aniqlash, soliq solinadigan bazani hisoblash, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini hamda soliq imtiyozlarini qo‘llash bilan bog‘liq kelishmovchiliklar.
Kezi kelganda aytish kerakki, Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasining “Soliq nizolarini sudgacha hal qilish” bo‘limi tomonidan 2019 yilda 28 ta soliq nizolariga oid ishlar ko‘rib chiqilgan. Soliq nizolarining umumiy summasi 97 243,4 mln.so‘mdir.

Ushbu ko‘rib chiqilgan soliq nizolari yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilinganda, 9 ta holatda moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish, 13 tasi kameral nazorati natijasida yuborilgan talabnomalar, 4 ta holatda nazorat tadbirlari va 2 holatda nizoli masalalar yuzasidan tushuntirish berish bo‘yicha nizolarni tashkil etadi. Shundan 21 ta xolat bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari foydasiga, 7 holatda esa soliq to‘lovchilar foydasiga xulosalar chiqarilgan.

Xulosa o‘rnida, soliq nizolarini sudgacha hal qilish institutining rivojlanishi soliq to‘lovchilarning soliq organlariga ishonchini kuchaytirish va soliq nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sarf-xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq nizolari sudgacha hal etiladi