
Majburiy ijro byurosi Kasbi tuman bo‘limi tomonidan energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tarmoqqa noqonuniy ulanishlarning oldini olish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, tungi reydlar davomida turli qonunga zid holatlar aniqlanib, energiya resurslari talon-taroj bo‘lishining oldi olinmoqda.

Joriy yilning 6 fevraldan 7 fevralga o‘tar kechasi o‘tkazilgan tungi reyd davomida tumandagi Muglon MFY da yashovchi fuqaro J.T.ga tegishli issiqxonada bir dona qo‘lbola gorelka o‘rnatib foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

Shundan so‘ng tarmoqqa shu tarzda noqonuniy ulangan iste’molchiga nisbatan qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi va issiqxona gaz tarmog‘idan uzib qo‘yildi.
Majburiy ijro byurosi
Qashqadaryo viloyat boshqarmasi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Qashqadaryo viloyat boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar