1-sinf o‘quvchilari fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’tilga chiqadi

1-sinf o‘quvchilari fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’tilga chiqadi
1-sinf o‘quvchilarining fevralda qo‘shimcha ta’tilga chiqishi maktablar ma’muriyati tomonidan belgilanadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 1-sinf o‘quvchilariga qo‘shimcha ta’til berilishi lozim.

Xususan, 1-sinf o‘quvchilari fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’tilga chiqishlari ko‘zda tutilgan.
Bildirilishicha, ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi har bir maktab ma’muriyati tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar