date

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni 238 nafar o‘quvchi mashina boshqargani aniqlandi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni 238 nafar o‘quvchi mashina boshqargani aniqlandi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari kuni respublika bo‘ylab o‘quvchilarning transport vositasini boshqarishi bilan bog‘liq 238 ta holat aniqlandi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ertalab soat 07:00 dan 14:00 gacha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ayrim o‘quvchilar maktablarga avtomobil haydab kelgani ma’lum bo‘lgan. Ular orasida yuqori sinf o‘quvchilari bilan birga 8–10-sinf o‘quvchilari ham bor.

Ayrim holatlarda bolalar ota-onasiga tegishli yoki ijaraga olingan mashinalarni boshqargan. Xorazm viloyatida esa bitiruv tadbiriga avtomobilda kelgan qizlar ham aniqlangan.

Ayni paytda maktablar atrofida YPX va ichki ishlar xodimlari kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda. Mas’ullar ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlariga mashina boshqarishga ruxsat bermaslikni so‘ramoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni 238 nafar o‘quvchi mashina boshqargani aniqlandi