date
views 4 670

Sirdaryodagi noqonuniy qimor o‘yinlariga chek qo‘yildi (foto)

Sirdaryodagi noqonuniy qimor o‘yinlariga chek qo‘yildi (foto)
Sirdaryo viloyati IIB, viloyat prokuraturasi qoshidagi Departament, MIB, Soliq boshqarmasi va DSENM tomonidan o‘tkazilgan tadbirda hududda tavakkalchilikka asoslangan nokonuniy qimor o‘yinlarini tashkil etish orqali noqonuniy daromad orttirish bilan shug‘ullunuvchi shaxslar mavjudligi xususida ma’lumotlar olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, 1985 yilda tug‘ilgan, Boyovut tumanida yashovchi M.M. o‘ziga tegishli bo‘lgan binolardan maqsadsiz foydalanib, noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkillashtirib kelgan.

Mazkur qimor o‘yinlariga mahalliy fuqarolardan tashqari Toshkent, Farg‘ona va Jizzax viloyatlaridan ishtirokchilar hamda Qozog‘iston va Tojikistondan tomoshabinlar qatnashib kelgan. O‘yinlar haftada 2-3 marta o‘tkazilib, mazkur binoga 200-250 nafarga yaqin shaxslar yig‘ilib kelgan.

Bu binolar ichida sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda spirtli ichimliklar va turli xil taomlar tayyorlanib, fuqarolarga sotish tashkil etilgan. Bunday holatlar qimor uyiniga tashrif buyurgan fuqarolarni yuqumli kasalliklarga chalinib, turli epidemiyani keltirib chiqarish ehtimolini yuzaga keltirgan.

Bundan tashqari, tomoshaga kelgan fuqarolar 10 ming so‘m to‘lov asosida binoga kiritilib va o‘yin sovrindorlaridan milionlab so‘mdagi yutuq pulining muayyan qismini ulush sifatida olib, faoliyatini soliq to‘lovlaridan yashirib, noqonuniy daromad orttirib kelganlar.

Ushbu turdagi noqonuniy harakatlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasiga asosan javobgarlik belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryodagi noqonuniy qimor o‘yinlariga chek qo‘yildi (foto)