3 053
Xorazm viloyatida «Damas» va «Moskvich» to‘qnashishi oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
8 fevral kuni soat 00:20larda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Damas» rusumli transport vositasi haydovchisi, 1957 yilda tug‘ilgan A.Ya. boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘parasidan kelayotgan Xiva tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan, Sh.M. boshqaruvidagi «Moskvich-412» rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida «Damas» haydovchisi voqea joyida vafot etgan, «Moskvich» yo‘lovchisi, Xiva tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan F.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
«Hurmatli harakat ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilib, belgilangan tezlik talablari, yo‘l belgilari va svetofor ishoralariga rioya qilishlaringizni so‘rab qolamiz. Shundagina ko‘zlagan manzilingizga, oilangiz bag‘riga eson-omon yetib olasiz», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi