2020 yil 04 yanvar kunidan 05 yanvar kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi 37 yoshli D.M.ga tegishli “To‘qimachi” mahallasida joylashgan MCHJ hududida turgan temir konteyner ichidagi metall seyfni kalit bilan ochib, ichidagi jami 30.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu o‘g‘irlik jinoyatini 19 yoshli N.A., 18 yoshli S.A. va 17 yoshli T.S. sodir etganliklari aniqlangan hamda ularning har biridan o‘g‘irlangan pullar evaziga sotib olingan "Redmi Note 8" rusumli uyali telefonlar va turli xil kiyim-kechaklar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi