19:05 / 10.02.2020
3 134

Bosh prokuratura: Hokimning matbuot kotibi «noma»lari o‘rganilmoqda

Bosh prokuratura: Hokimning matbuot kotibi «noma»lari o‘rganilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi Mirzohid Botirovga tegishli ekani aytilayotgan yozishmalarning nusxasi (skrinshot) tarqalganidan xabaringiz bor. Ularda ayniqsa bloger Otabek Nuritdinovning 15 sutkaga «kesilishi»ga oid shubhalarga asos bo‘luvchi gaplar borligi jamoatchilikning qiziqishini chandon orttirayotgani ham rost.

Holat nozik va jiddiyligi e’tiboridan prokuratura darhol holatni o‘rganishga tushdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hokimning matbuot kotibiga tegishli ekani aytilayotgan «noma»lar Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Bu orada Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ham holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra:«Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida «Yoshlar olami» akkaunti bilan foydalanuvchi Mirzohid Botirovning ushbu akkaunti xakerlik hujumiga uchragan bo‘lib, M.Botirov 2020 yilning 8 fevral kuni ushbu holatlardan xabar topgan va shu kunning o‘zidayoq viloyat prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda huquq-tartibot organlari tomonidan skrinshotdagi yozishmalar kim tomonidan olib borilganligiga aniqlik kiritilmoqda.

Ushbu xabarlar tafsiloti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi».

Albatta, vaziyatga jiddiy o‘rganish orqaligina oydinlik kiritilishi mumkin. Biroq hozirdanoq katta-katta moliya muassalari yoki mashhurdan mashhur insonlarning tarmoqdagi akkauntini «nishonga oladigan» xakerlar bir viloyatning sirligina matbuot kotibiga hujum qilgani hozirdanoq shubha uyg‘otayotir.

Xo‘p, o‘rganish natijalarini kutamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura: Hokimning matbuot kotibi «noma»lari o‘rganilmoqda