
Qashqadaryo viloyatidan Toshkentga olib ketilayotgan 100 kilogramm miqdordagi yaroqsiz go‘sht «Umakay» postida to‘xtatib qolindi. Bu haqda Qashqadaryo IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova xabar bermoqda.

Foto: Qashqadaryo IIB
2020 yil 9 fevral tungi soat 02:30 da viloyat IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin bo‘linmasi va YPX xodimlari tomonidan «Umakay» YPX maskanida to‘xtatilgan Z.K.ning avtomobilidan hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan 100 kilogramm go‘sht chiqqan.

Foto: Qashqadaryo IIB
Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining ekspertiza xulosasiga asosan go‘sht mahsulotlari yaroqsiz deb topilgan va veterinariya laboratoriya xodimlari tomonidan tegishli tartibda yo‘q qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar