Farg‘ona shahridagi “Vodiy visol oqshomi” MCHJga tegishli “Visol” to‘yxonasidagi SЕ 303 rusumli elektr hisoblagich elektr ta’minoti korxonasida ro‘yxatga olinmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur qonunbuzarlik holati bo‘yicha Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan bayonnoma rasmiylashtirildi.
Surishtiruv jarayonida SЕ 303 rusumli elektr hisoblagichni 2017 yil may oyida shahar elektr ta’minoti korxonasi energiya sotish xizmati boshlig‘i U.Sayramov amaldagi tartib va qoidalarga zid ravishda o‘rnatib berganligi aniqlangan.
Biroq, elektr ta’minot korxonasi mas’ul xodimining noqonuniy qilmishi shu bilan tugamagan, 23.05.2017 yildan 20.12.2019 yilga qadar “PK elektr-hisob” dasturiga “Visol” to‘yxonasida iste’mol qilingan elektr energiyasini 20 koeffitsiyentga kam hisoblab kiritib kelgan. Natijada to‘yxona tomonidan 76 mln. 761 ming so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?