
Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 1 mayga qadar chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Rejada:
- tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, olimlar, mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat maxsus ekspertlar guruhini tashkil etish;
- umumta’lim yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarini unifikatsiyalashtirib, yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va takliflarni keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish;
- tajriba-sinov tariqasida Yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.
Mas’ullar - Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar