Joriy yil 5 fevral kuni Qo‘qonda Xitoydan qaytgan 20 yoshli talaba yigit vafot etdi. «Daryo» xabariga ko‘ra, marhum M.A. 2019 yilning kuzidan buyon Xitoyning Guylin shahrida o‘qishda bo‘lgan. Joriy yil 31 yanvar kuni Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘qligi uchun Janubiy Koreya orqali O‘zbekistonga qaytgan.
Marhumning vafoti sabablari ijtimoiy tarmoqlarda turlicha talqin qilingani bois, «Daryo» muxbiri mazkur holatga oydinlik kiritishga uringan.
Qo‘qon shahar davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi tomonidan berilgan rasmiy izohda Xitoydan qaytgan talaba vafoti tasdiqlanib, fuqaro o‘limi dastlabki sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, is gazidan zaharlanish oqibati kelib chiqqanligi, Xitoyda tarqalgan koronavirus xastaligi bilan bog‘liqlik alomatlar aniqlanmagani ta’kidlanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 5 fevral kuni O‘zbekiston tumani Hayotobod qishlog‘ida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan M.A. o‘zi istiqomat qiladigan uy hammomiga yuvinish uchun kirib ketib, bir necha soat davomida qaytib chiqmagan. Shundan so‘ng uning yaqinlari hammom eshigini buzib kirishganida yigit jonsiz holatda yotganiga guvoh bo‘lishgan.
Garchi fuqaro hammomdayoq hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa-da, yaqinlari uni Qo‘qon shahar shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borgan. Qabul diagnostika bo‘limida reanimatologlar tomonidan jasad zudlik bilan ko‘rilganda, biologik o‘lim allaqachon sodir bo‘lganligi tasdiqlangan. Bu haqda darhol huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar berilgan va jasad sud tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Qo‘qon shahar sud tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.
Murda dastlabki sud tibbiy tekshiruvidan o‘tkazilganida unda is gazidan zaharlanishga xos bo‘lgan maxsus spetsifik belgilar aniqlangan.
Qayd etilishicha, M.A. til o‘rganish maqsadida 2019 yil 15 noyabrda Xitoyga borib, joriy yil 31 yanvar kuni Janubiy Koreya orqali O‘zbekistonga qaytgan. U yurtimizga qaytib kelgan kuniyoq O‘zbekiston tumanidagi 71-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan va ikki haftalik nazoratga olingan bo‘lib, unda hech qanday kasallik alomatlari aniqlanmagan. Buni marhumning ambulator kartasidagi ma’lumotlar hamda yaqinlari bilan o‘tkazilgan suhbat ham tasdiqladi.
M.A. Xitoydan kelganligi sababli epidemiologik ko‘rsatmaga asosan olingan tahlil namunalari Farg‘ona viloyati SEOM virusologiya laboratoriyasida tekshirilib, unda gripp yoki koronavirus alomatlari topilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”