Toshkent shahrida Tashqi ishlar vazirligi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda vazir birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
Ilhom Ne’matovning ma’lumot berishicha, Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi 2020 yil iyun oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
“Tashrifga yaxshiroq tayyorlanish maqsadida uni iyun oyining ikkinchi yarmida o‘tkazishga kelishib oldik”, - dedi Ilhom Ne’matov.
Tashrif davomida 88ta tadbir bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ular plenar forum, ta’lim forumi va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 fevralida O‘zbekiston prezidentining Moskvaga tashrifi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Ammo keyinroq bu tashrif noma’lum muddatga qoldirilgandi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqot chog‘ida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilingan. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi kun tartibini tayyorlash, jumladan, tashrif doirasida navbatdagi hududlar va rektorlar anjumanlarini, media-forum va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi