O‘zbekiston mehnat qonunchiligi juda eski. 1995 yilda qabul qilingan Mehnat kodeksi bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydi, deb hisoblaydi Adliya vaziri o‘rinbosari, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Hakimov.
«Mehnat kodeksi nafaqat davlat tashkilotlari, balki xususiy sektordagi kadrlar talablariga ham javob bermaydi», - dedi Hakimov Press-klubning 14 fevral kungi sessiyasida.
Sessiyada davlat va nodavlat tashkilotlarida bilimli va zamonaviy kadrlar ko‘pligi, ammo mehnat qonunchiligida ularning huquqlari qanchalik himoya qilingani borasida savol berildi.
Savolga javob bergan Rahimjon Hakimovga ko‘ra, O‘zbekiston mehnat kodeksi ramkalarga solingan va sobiq ittifoq iqtisodiyotiga moslashgan.
«Bizda mutlaqo yangi kodeks ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan. Guruh tarkibida Adliya hamda Bandlik va mehnat vazirligi mutaxassislari ishlayapti.
Mehnat qonunchiligi shaffof va moslashuvchan bo‘lishi kerak. G‘arb mamlakatlarining mehnat kodeksiga qarasak, u yerda ikki tomonli kelishuvga, ya’ni rahbar va hodim o‘rtasidagi kelishuvga sharoit yaratib beradi.
Mehnat qonunchiligi ko‘proq mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi», - dedi u.
Adliya vaziri o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, shu yilning 1 yanvaridan eksperimental tarzda Adliya, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklarida shaffof, ochiq va tanlov asosida ishga olish jarayoni boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi