
Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro R.M. o‘rnatilgan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, ushbu shaxsning egnidagi kiyimlari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojsiz olib kirish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan umumiy qiymati 24 million so‘mlik 131 dona tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar