14:36 / 19.02.2020
1 727

“OAV to‘g‘risida”gi Qonunga qanday o‘zgarishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda?

“OAV to‘g‘risida”gi Qonunga qanday o‘zgarishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda?
Poytaxtimizda tashkil etilgan tadbirda OAV rahbar-xodimlari, jurnalist va blogerlar, xalqaro ekspertlar qatnashmoqda.
Loyihaga ko‘ra, ommaviy axborot vositasi ustav fondiga davlat tashkiloti muassis bo‘lib kirganda qo‘shimcha majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutilmoqda.
Jumladan, ommaviy axborot vositasini rivojlantirishda har tomonlama muntazam amaliy yordam ko‘rsatish shulardan biri.

E’tiborni tortgan yana bir muhim yangilik shuki, muassis, budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchisi bo‘lsa, moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar xarajatlar moddalariga o‘z muassisligidagi OAVni rivojlantirishga qaratilgan mablag‘ni xarajatlar smetasiga kiritish hamda maqsadli foydalanishni tashkil etish masalasi kiritilyapti.

Bu esa bugungi kunda moliyaviy tang ahvoldagi ayrim OAV faoliyatini yaxshilashini ta’minlaydi.
Shuningdek, tadbirda OAV larni moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda ham muassislar ishtirokini aniq belgilash ko‘zda tutilgan.

Rahim Sherqulov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “OAV to‘g‘risida”gi Qonunga qanday o‘zgarishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda?