Missuri universiteti olimlari plastmassa idishlar tarkibidagi bisfenol A moddasi (odatda, oq rangdagi granulalar ko‘rinishidagi kimyoviy modda) bo‘lmagan plastmassa idishlar zararli kimyoviy moddalarni o‘z ichiga olgan analoglar singari inson salomatligiga tahdid solishini aniqlashdi. Ushbu tadqiqot natijalari MedicalXpress tomonidan e’lon qilindi.
Tadqiqotchilar bisfenol A o‘rnini bosuvchi bisfenol S(BPS)ning sichqonlarning yo‘ldoshiga ta’sirini o‘rganishdi va shu bilan kimyoviy moddalarning homilador onalarga hamda ularning tug‘ilmagan bolalariga ta’sirini kuzatishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, onaning qonidagi BPS homilaga platsent orqali o‘tadi. Platsent esa embrionda miya rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan serotoninning asosiy manbai hisoblanadi va unga tushadigan kimyoviy moddalar tug‘ma nevrologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, BPS yo‘ldoshdagi serotonin miqdorini pasaytiradi. Bisfenol A, o‘z navbatida, saraton, semirib ketish, bepushtlik kabi gormonal kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi