Foto: Yashnobod tuman hokimligi
Yashnobod tuman hokimligi yangi barpo etilayotgan yerusti metro yo‘lining «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan 11,2 kilometr masofani yanada obod etish, aholiga qulaylik yaratish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar berdi.
Mazkur metro yo‘li bo‘ylab aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari, velo va yugurish yo‘laklari bunyod etish ko‘zda tutilgan.
Foto: Yashnobod tuman hokimligi
«Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, shahrimiz chiroyiga chiroy qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilgan hamshaharlarimizni yangi loyihalari bilan kutamiz», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Toshkentda qurilayotgan halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan Do‘stlik–Qo‘yliq uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazilgan. Oraliq yo‘nalishidagi 2,3 ming metr masofada dastlabki poyezdlar sinov tariqasida harakatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi