
O‘zbekiston Milliy Axborot agentligining faol jurnalistlari ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi. Bu haqda Jurnalistika.uz kanali xabar berdi.
Ariza yozganlar orasida Anora Sodiqova, Sayyora Shoyeva, Norgul Abduraimova, Inobat Ahatova bor.
"Men-ku yoshman, hali sohaga kirib kelganimga ko‘p bo‘lmadi. Ammo kasbiy va hayotiy tajribasi katta, qalami o‘tkir hamkasblarim Norgul Abduraimova, Sayyora Shoyeva, Anora Sodiqovalarning shu qarorga kelishi vaziyat, ijodiy muhit qanchalik og‘irlashganini ko‘rsatmoqda. Birga ishladik, ishdan ham birga ketar ekanmiz..." deb yozdi Inobat Ahatova.
Ariza haqidagi rasm-postni e’lon qilgan Norgul Abduraimova bir necha soatdan so‘ng postini o‘chirib, "Bundan oldingi postni o‘chirishga majbur bo‘lmoqdaman. Post o‘chirilsa, nohaqlik barham topishini aytishdi. Yonimizda turgan do‘stlarga ming bor tashakkur! Yashasin, Jamoatchilik fikri!" deb yozdi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 2 dekabrda "O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Prezident qarori qabul qilingan edi.
Qarorning 1-ilovasiga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Veb-resurslar bilan ishlash tahririyatiga 15 ta xodim biriktirilgan. Xodimlarning umumiy cheklangan soni 155 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 13 nafar etib belgilangan.
Manba: Sof.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar