2020 yil 15 fevral kuni soat taxminan 19:00larda 54 yoshli R.K. Xorazm viloyati Yangiariq tumani “R. Otajanov” mahallasida joylashgan yashash uyida tanishi 56 yoshli S.J. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, R.K. qo‘llari va oyoqlari bilan S.J.ni urib-do‘pposlagani natijada S.J. hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiariq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sababchi bo‘lgan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.K. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi