
Prezidentning tegishli farmonlariga asosan:
• Kuchkarov Jamshid Anvarovich Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan Bosh vazirning o‘rinbosari – moliya vaziri lavozimidan ozod etildi;
• Ishmetov Timur Amindjanovich moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Prezidentning tegishli qarorlariga asosan:
• Nasritdinxodjayev Omonullo Zabixullayevich moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
• Farxod Nuritdinovich Arziyev tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
• Ilxomjon Ne’matov tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar